logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

TEPE Sigeman shaxmat turniri. Nodirbek Abdusattorov turkiyalik shaxmatchi bilan durang o'ynadi

 6 MAY, 2026, 22:48

Nodirbek Abdusattorov shaxmat bo'yicha nufuzli TEPE Sigeman turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

U 6-tur doirasida turkiyalik Yag'is Kaan Erdog'mushga qarshi bahs olib bordi va durang qayd etdi. Bellashuv 37-yurishda yakunlandi. Shu tariqa, Nodirbek ochkolari sonini 3,5 taga etkazib oldi.

O'zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi ushbu durangdan keyin musobaqa jadvalida 4-o'ringa tushib qoldi. Hamyurtimiz ertaga turnirning so'nggi turi doirasida niderlendiyalik Yorden van Forestga qarshi oq donalarda o'ynaydi.

Musobaqa formati
8 nafar ishtirokchi 7 ta tur davomida aylanma (round-robin) tizimida bir-biriga qarshi bahs olib boradi.

Ma'lumot uchun, ushbu turnirda ketma-ket ikki yildan buyon o'zbekistonlik shaxmatchilar g'alaba qozongan. 2024 yilda Nodirbek Abdusattorov, 2025 yilda esa Javohir Sindorov chempionlikni qo'lga kiritgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ