logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Glen Jonson «Chelsi»ning yangi murabbiyi borasida maslahat berdi

 6 MAY, 2026, 20:06

«Chelsi»ning sobiq himoyachisi Glen Jonson London klubini kim boshqarishi kerakligi haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.

«Chelsi» ham top-murabbiylarni, ham istiqbolli mutaxassislarni tayinlab ko'rdi. Hamma narsani yutgan tajribali murabbiymi Tuxel? Uni iste'foga chiqarishdi. Yosh va istiqbolli murabbiylarmi Mareska va Rossenor? Ularni ham haydashdi. Menimcha, ular muayyan bir profilni qidirishmayapti, ular uchun faqat g'alaba qozonish muhim. «Chelsi»ning navbatdagi murabbiyi kim bo'lishidan qat'i nazar, unga vaziyatni tuzatish va g'alaba qozonishni boshlash uchun vaqt kerak», — deya Jonsonning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Metro.

Eslatib o'tamiz, «Chelsi» joriy mavsumni Entso Mareska qo'l ostida boshlagan edi, biroq italiyalik mutaxassis yanvarda ishdan bo'shatildi. Uning o'rniga tayinlangan Liam Rossenor esa klubda uch oydan sal ko'proq ishlab, aprel oyida iste'foga chiqarildi,

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ