logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Infantino: «JCh finali chiptasini 2 million dollarga sotib olgan kishiga xot-dog va kolani shaxsan o'zim olib kelib beraman»

 6 MAY, 2026, 19:48

FIFA prezidenti Janni Infantino JCh-2026 o'yinlari chipta narxlari borasidagi tanqidlarga hazil bilan javob qaytardi. Avvalroq chiptalarning yangi toifasi joriy etilgani va ularning narxi 2300 dollargacha etishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

«Agar kimdir final chiptasini ikki million dollarga sotib olsa, u vaqtini a'lo darajada o'tkazishi uchun xot-dog va kolani shaxsan o'zim olib kelib beraman.

Biz bozorni hisobga olishimiz kerak, chunki dunyodagi eng rivojlangan ko'ngilochar bozorga ega mamlakatda ishlayapmiz. Shu sababli bozor narxlarini qo'llashimiz shart. AQShda chiptalarni qayta sotishga ruxsat berilgan. Agar chiptalarni juda arzon sotsangiz, ular baribir ancha qimmat narxda qayta sotiladi. Ba'zilar narxlarimizni yuqori desa-da, bu chiptalar qayta sotish bozorida ikki baravar qimmatroq narxda paydo bo'lmoqda», — dedi Infantino Beverli-Xillzdagi konferentsiyada.

FIFA prezidenti, shuningdek, guruh bosqichi chiptalarining 25 foizi 300 dollardan arzonroq ekanini ta'kidladi. Ma'lumotlarga ko'ra, FIFA hozirgacha chiptalar uchun 500 milliondan ortiq ariza qabul qilgan.

Eslatib o'tamiz, JCh-2026 musobaqasi 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ