logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Aleks Fergyusonning sog'lig'i haqida yangi ma'lumot paydo bo'ldi

 6 MAY, 2026, 19:18

Yakshanba kuni Premer-liga doirasidagi «Manchester Yunayted» va «Liverpul» o'yini boshlanishidan biroz oldin shifoxonaga yotqizilgan Aleks Fergyusonga uyiga javob berildi. TalkSPORT nashrining xabariga ko'ra, 84 yoshli shotlandiyalik mutaxassis o'zini yaxshi his qilmoqda va shifoxonadan chiqarilgan.

Ser Aleks Fergyuson «Manchester Yunayted» afsonasi hisoblanadi — u jamoani 1986 yildan 2013 yilgacha boshqargan. Shotlandiyalik murabbiy qo'l ostida «qizil iblislar» 13 marta Angliya chempioni, ikki marta Chempionlar ligasi g'olibi bo'lishgan va boshqa ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritishgan.

«Manchester Yunayted» so'nggi bor 2013 yilda Premer-liga chempionligini qo'lga kiritgan, shundan so'ng Fergyuson iste'foga chiqqan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ