logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Eron futbol federatsiyasi rahbari: «JChda Islom inqilobi qo'riqchilari korpusini haqorat qilmaslik bo'yicha kafolatlar kerak»

 6 MAY, 2026, 18:06

Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Taj 2026 yilgi jahon chempionati tashkilotchilariga nisbatan talab qo'ydi.

Aprel oyi oxirida Taj boshchiligidagi Eron delegatsiyasi FIFA kongressida ishtirok etish uchun Vankuverga uchib kelgan edi, biroq «immigratsiya idoralarining hurmatsiz munosabati tufayli» vataniga qaytishga qaror qilgandi. Keyinroq Kanada immigratsiya vaziri Lena Metledj Diab Eron futbol federatsiyasi rahbarining Islom inqilobi qo'riqchilari korpusi (IIQK) bilan aloqalari borligi sababli uning vizasi u samolyotda bo'lgan vaqtda bekor qilinganini tasdiqladi.

«U erga borishimiz uchun tizimimiz ramzlarini, ayniqsa, Islom inqilobi qo'riqchilari korpusini haqorat qilishga haqlari yo'qligi haqida kafolatlar kerak. Ular bunga jiddiy e'tibor qaratishlari lozim. Agar ular shunday kafolat berib, majburiyat olsalar, Kanadadagi kabi hodisalar boshqa takrorlanmaydi.

Biz saralashdan o'tgan jahon chempionatiga boryapmiz va bizning mezbonimiz FIFAdir, janob Tramp yoki Amerika emas. Agar ular bizni qabul qilishga rozi bo'lsalar, unda harbiy institutlarimizni hech qanday tarzda haqorat qilmaslikni ham tan olishlari kerak. Chunki bunday holat yuz bersa, tabiiyki, Kanadadagi kabi vaziyat kelib chiqishi mumkin va biz qaytib ketishga majbur bo'lamiz. Shuning uchun, u erga xotirjam borishimiz uchun kafolatlar bo'lishi shart», — dedi Taj IRIB nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, JCh-2026 musobaqasi 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi. AQSh 2019 yilda, Kanada esa 2024 yilda IIQKni terrorchi tashkilotlar ro'yxatiga kiritgan edi

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ