logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Desayi: «Bavariya» g'alaba qozonishi kerak, «PSJ» u qadar barqaror emas»

 6 MAY, 2026, 17:24

Frantsiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Marsel Desayi Chempionlar ligasida «Bavariya» g'olib chiqishini istashini ma'lum qildi.

«Kim g'alaba qozonishini bilmayman, lekin men boshqa bir jamoa g'olib bo'lishini istardim. Barcha tarkiblarga nazar tashlab, bu «Bavariya» bo'lishi kerak deb hisoblayman.

Bunga sabab — ularning so'nggi ikki mavsum davomida Bundesligada ko'rsatgan barqarorligi. Ularda qiyinchiliklar bo'ldi, ammo o'zlaridagi iqtidorli tarkibga moslashish uchun falsafasini to'g'ri yo'nalishga sola olishdi.

Ularning joriy mavsumdagi barqarorligi shuni ko'rsatmoqdaki, Chempionlar ligasida g'alaba qozonish uchun aynan shunday jamoalar kerak. «PSJ» esa jarohatlar sababli beqaror o'yin ko'rsatdi.

Shuning uchun bugun ayta olamanki, agar Chempionlar ligasining navbatdagi g'olibi «Bavariya» bo'lsa, bundan albatta xursand bo'laman», — dedi «Marsel», «Milan» va «Chelsi» klublari sobiq o'yinchisi The Italian Football Podcast podkastida.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsumdagi Chempionlar ligasining ilk finalchisi «Arsenal» bo'ldi. Ikkinchi finalchi esa bugun tunda Myunxenda aniqlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ