logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Olich «PSJ»ga qarshi javob uchrashuvidan nimalar kutayotganini aytdi

 6 MAY, 2026, 17:12

Germaniyaning «Bavariya» klubi sobiq futbolchisi Ivitsa Olich Chempionlar ligasi 1/2 finalidan o'rin olgan Myunxen jamoasi va Frantsiyaning «Pari Sen-Jermen» klublari o'rtasidagi bo'lajak javob o'yini haqida gapirdi.

Uchrashuv bugun, 6 may kuni bo'lib o'tadi. Dastlabki bahsda «PSJ» o'z uyida 5:4 hisobida g'alaba qozongan edi.

«Ushbu o'yin uchun Myunxenga kelganimdan juda xursandman. «Bavariya» va «PSJ» o'rtasidagi birinchi o'yinda juda ko'p gollar urildi, bu muxlislar uchun albatta qiziqarli bo'ldi. Har ikki jamoa tarkibida istalgan o'yin taqdirini hal qila oladigan ko'plab ajoyib futbolchilar bor.

Bu erda favorit yo'q, hatto «PSJ»ning bitta to'p farqi bilan oldinda borayotgani ham hech narsani anglatmaydi. «Bavariya» ham, «PSJ» ham finalga chiqishga qodir», — dedi Olich.

Eslatib o'tamiz, Myunxendag bahs Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da boshlanishi kutilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ