logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Bavariya» o'z tarixida biror marta EChL yarim finalidagi birinchi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng vaziyatni o'nglay olmagan

 6 MAY, 2026, 17:06

«Bavariya» Chempionlar ligasining (1992/1993 yilgi mavsumdan boshlab) pley-off bosqichidagi ikki o'yinlik qarama-qarshiliklarning dastlabkisida 16 bor mag'lubiyatga uchragan. Shulardan faqat to'rttasida Myunxen klubi birinchi o'yindagi mag'lubiyatga qaramay, keyingi bosqichga chiqishga muvaffaq bo'lgan.

Biroq, yarim final bosqichida «Bavariya» birinchi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng hali biror marta umumiy natijani o'z foydasiga o'zgartirib, finalga yo'l ololmagan.

Eslatib o'tamiz, bugun, 6 may kuni, Chempionlar ligasi 2025/2026 yilgi mavsumining yarim final javob uchrashuvi bo'lib o'tadi. Unda «Bavariya» va «PSJ» jamoalari to'qnash kelishadi.

Birinchi o'yinda parijliklar 5:4 hisobida g'alaba qozonishgan edi. Bugun «Bavariya» ushbu noxush an'anaga chek qo'ya oladimi yoki yo'q, buni yaqin soatlar ichida bilib olamiz.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ