logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rays: «Murabbiy vaziyatni to'liq nazorat qildi»

 6 MAY, 2026, 16:06

Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Deklan Rays jamoaning joriy mavsumdagi o'sishi haqida gapirib, bosh murabbiy Mikel Artetaning rolini alohida ta'kidlab o'tdi.

«So'nggi yillarda chempionatda ko'plab alamli mag'lubiyatlar, kubok musobaqalaridan chiqib ketishlar bo'ldi va bularning barchasi odamga og'ir botadi. Ammo murabbiy vaziyatni to'liq nazorat qildi, biz jamoa qurishda va rivojlanishda davom etdik. Biz ham ushbu turnirda, ham Premer-ligada bir-birimizni oldinga undadik. Mavsum tugashiga bir oy qolganda biz ajoyib pozitsiyadamiz», — deya Deklan Raysning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Eslatib o'tamiz, yarim finalning javob uchrashuvida «to'pchilar» Madridning «Atletiko» jamoasini 1:0 hisobida mag'lub etishdi. Endi «Arsenal» finalda «Bavariya» — «PSJ» juftligi g'olibi bilan kuch sinashadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ