logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Napoli»da Xyoylundning kelajagi borasida bayonot berildi

 6 MAY, 2026, 15:48

Daniyalik hujumchi Rasmus Xyoylund doimiy asosda «Napoli» o'yinchisiga aylanadi. Bu haqda klub sport direktori Jovanni Manna ma'lum qildi. Eslatib o'tamiz, neapolliklar 23 yoshli hujumchini o'tgan yilning sentyabr oyida «Manchester Yunayted»dan ijaraga olgan edi.

«Hech qanday shubha yo'q Rasmus Xyoylund «Napoli»da qoladi. Agar Chempionlar ligasiga yo'llanma olsak, bizda uni «Manchester Yunayted»dan sotib olish majburiyati bor, biroq u bu shartdan qat'i nazar, bizning rejalarimizga kiradi», — deya mutasaddining so'zlarini keltiradi Manchester United Forever.

«Napoli» tarkibida Xyoylund barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 41 ta o'yinda maydonga tushdi, 14 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma'lumot uchun, «Napoli»ning navbatdagi uchrashuvi 11 may kuni «Bolonya»ga qarshi bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ