logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rays: «Goldan so'ng «Arsenal» finalga chiqishini his qildim»

 6 MAY, 2026, 11:54

«Arsenal» klubi yarim himoyachisi Deklan Rays jamoaning Chempionlar ligasi finaliga chiqqanidan so'ng intervyu berdi. Angliyalik futbolchi «Atletiko»ga qarshi kechgan va minimal hisobdagi g'alaba bilan yakunlangan javob uchrashuvining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra umumiy hisob — 2:1.

«Bu muvaffaqiyatning ahamiyatini past baholab bo'lmaydi. Bu klub uchun juda muhim payt va biz bayram qilishga to'la haqlimiz. Biz eng nufuzli turnir finaliga chiqdik. Muxlislar bizni oldinga boshlashdi va kuch berib turishdi. Goldan so'ng biz g'alaba qozonishimizni darhol angladim. Men buni shunchaki his qildim. Ajoyib lahzalar», – dedi Rays Amazon Prime bilan suhbatda.

Final uchrashuvi 30 may kuni bo'lib o'tadi. «Arsenal»ning raqibi «PSJ» yoki «Bavariya» bo'ladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ