Mirazizbek Mirzahalilov Hasanboy Do'smatov bilan bir kardda kamar uchun jang qiladi
6 MAY, 2026, 11:48
24 may kuni Qirg'iziston poytaxti Bishkekda prof boks oqshomi o'tkaziladi."Gazprom" majmuasida bo'lib o'tadigan musobaqaning markaziy jangida hamyurtimiz Hasanboy Do'smatov argentinalik Joel Kontrerasga qarshi eliminator bahsini o'tkazadi.
Ahamiyatlisi, o'sha kungi oqshom kardidagi qolgan janglar ham o'zbekistonlik bokschilar ishtirokida o'tishi malum bo'ldi.
Yarim engil vaznda WBA Gold vakant kamari uchun 12 raundlik jang: Mirazizbek Mirzahalilov - Adrian Robledo (Argentina);
O'rta vaznda 8 raundlik jang: Muzaffar Rasulov - Samat Abdiraxmanov (Qirg'iziston);
Og'ir vaznda 8 raundlik jang: Jamshid Karimov - Nurbek Valijonov (Qirg'iziston).

Manba: olamsport.com
