«Barselona» nima uchun Mbappe transferidan voz kechgani ma'lum bo'ldi
6 MAY, 2026, 11:42
«Barselona» klubi sobiq prezidenti Xosep Bartomeuning tan olishicha, «ko'k-anorranglilar» ham Kilian Mbappeni o'z safiga qo'shib olishga da'vogarlik qilishgan, biroq futbolchi 2024 yilda madridlik «Real»ga o'tishni afzal ko'rgan. Bundan tashqari, kataloniyaliklarni hujumchi uchun so'ralgan narx ham qoniqtirmagan.
«Ular Mbappe uchun 180 million evro so'rashgandi, bu esa haddan tashqari yuqori summa deb topilgan. Natijada biz Dembeleni olishni ma'qul ko'rgandik. Ammo na u, na Grizmann va na Koutino biz kutgan darajaga chiqa olishdi», — deya Bartomeuning so'zlarini keltiradi Derbyderbyderby.it.
Eslatib o'tamiz, Kilian Mbappe Madridning «Real» klubiga o'tguniga qadar etti yil davomida Frantsiyaning «PSJ» jamoasida to'p surgan.
