Robino Junior Neymar bilan yarashib olganini ma'lum qildi
6 MAY, 2026, 11:36
«Santos» klubining 18 yoshli vingeri Robino Junior Neymar bilan bog'liq shov-shuvli voqea haqida so'zlab berdi. Eslatib o'tamiz, 34 yoshli futbolchi mashg'ulot paytida yosh jamoadoshi uni dribling bilan aldab o'tganidan g'azablangan edi. Futbolchilar tortishib qolishgan va Neymar hatto Robinoga tarsaki tushirgan.
«Bu menga og'ir botdi, chunki Neymar bolaligimdagi kumirim. U men uchun doim qadrli bo'lgan. Sakkiz yoshligimda u menga futbolka sovg'a qilgandi va men uni haligacha saqlayman. Vaziyat nazoratdan chiqib ketdi. U o'z xatosini tan oldi va uzr so'radi. Biz gaplashib oldik, endi hammasi joyida.
Klub ustidan berilgan da'vo arizasi men va agentlarim tomonidan g'azab ustida qilingan ish edi — bu o'ylab qilingan qaror emas, balki hissiyotlar edi. Ikki marta o'ylab ko'rishim kerak edi. Hammamiz xato qilamiz. Bu shunchaki bir tarsaki, lekin u bir necha bor uzr so'radi va men buni qabul qildim. Neymar ham xuddi biz kabi inson», — deya Robino Juniorning so'zlarini keltiradi The Touchline.
Ma'lumot uchun, chorshanba kuni Neymar «Rekoleta»ga qarshi o'yinda (1:1) gol muallifiga aylandi.
