logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rayya: «Arsenal» — shunchaki klub emas, balki haqiqiy oila»

 6 MAY, 2026, 10:36

Londonning «Arsenal» klubi darvozaboni David Rayya jamoaning joriy mavsumdagi muvaffaqiyatlari omillari haqida to'xtaldi. Seshanba kuni «kanonirlar» o'z maydonlarida bo'lib o'tgan javob uchrashuvidagi g'alaba (1:0) evaziga Madridning «Atletiko» jamoasini mag'lub etib, Chempionlar ligasi finaliga yo'l oldilar.

«O'ylashimcha, gap jipslikda. Men doim aytganman: bu shunchaki klub emas, balki haqiqiy oila. Biz hammamiz bir-birimizni qo'llab-quvvatlaymiz. Agar kimdadir nimadir o'xshamasa, boshqalar buning o'rnini to'ldirishga harakat qiladi. Menimcha, aynan birdamlik va o'zaro dalda bizni hozirgi darajamizga olib chiqdi. Maydonda qanday qilib bir-birimiz uchun kurashayotganimizni hamma ko'rib turibdi», — dedi Rayya o'yindan keyingi intervyusida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ