logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arteta «Arsenal» ichidagi ajoyib muhit haqida gapirdi

 6 MAY, 2026, 10:00

Londonning «Arsenal» klubi o'z maydonida Madridning «Atletiko» jamoasini yarim final javob uchrashuvida mag'lub etib (1:0), Chempionlar ligasi finaliga yo'l oldi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra «kanonirlar» 2:1 hisobida ustun kelishdi. Londondagi bahsning 44-daqiqasida Bukayo Saka tomonidan kiritilgan gol jamoaga final yo'llanmasini taqdim etdi.

«Meni eng ko'p nima hayratga soladi? Birdamlik, — deydi o'yindan keyingi intervyuda murabbiy Mikel Arteta. — Bugun kunduzi ba'zi yigitlarga: «Uzr, bugun ham «Fulxem»ga qarshi tushgan tarkib o'ynaydi», dedim. Javob esa o'zini uzoq kuttirmadi: «Boss, qachon kerak bo'lsam, men tayyorman». Keyin esa ular meni quchoqlab qo'yishdi. Bu murabbiy orzu qilishi mumkin bo'lgan eng oliy narsadir», — deya so'zlab berdi ispaniyalik mutaxassis.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ