Arteta Diego Simeonega dalda berdi: «Bu hissiyot menga tanish»
6 MAY, 2026, 09:42
Londonning «Arsenal» klubi Chempionlar ligasi yarim finalida Madridning «Atletiko» jamoasi ustidan g'alaba qozondi. O'tgan hafta Madridda bo'lib o'tgan ilk o'yinda g'olib aniqlanmagan edi (1:1), Londonda esa «kanonirlar» 1:0 hisobida ustun kelishdi.
Uchrashuv yakunlanganidan so'ng «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta hamkasbi Diego Simeoneni qo'llab-quvvatladi.
«Diego bilan bir-birimizni yaxshi bilamiz. Finalga shu qadar yaqin kelganingda musobaqadan chiqib ketish doim og'ir. Bu nima ekanligini bilaman va Simeoneni juda yaxshi tushunib turibman, chunki bir yil avval xuddi shunday holatni o'zim ham boshdan kechirganman», — deya ispaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
