logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rays Maylz Lyuis-Skellining o'yiniga baho berdi

 6 MAY, 2026, 09:24

«Arsenal» yarim himoyachisi Deklan Rays Chempionlar ligasi yarim finalida «Atletiko» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng Maylz Lyuis-Skellining o'yinini alohida e'tirof etdi. 19 yoshli futbolchi javob uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushib, 74-daqiqagacha harakat qildi. «Kanonirlar» 1:0 hisobida zafar quchib, so'nggi 20 yil ichida ilk bor Chempionlar ligasi finaliga yo'l oldilar.

«Biz Maylz nimalarga qodirligini doim bilganmiz. Uning o'tgan mavsumda ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'lgani yodimda. 18 yoshida «Real»ga qarshi maydonga tushganidayoq: «Vau, naqadar kuchli o'yinchi», deb o'ylagandim. Bu mavsumda u o'zi istaganchalik ko'p o'ynamayotgan bo'lsa-da, tushkunlikka tushmasdan, o'z ustida juda qattiq ishlayotganini ko'rib turibman. U kunma-kun hamma narsani to'g'ri bajarmoqda. Uning yarim finalda maydonga tushib, o'zini bu qadar yaxshi ko'rsatgani meni aslo hayratlantirmadi», — deya Raysning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ