logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Birinchi raketkamiz Rahimova Rim WTA 1000 startida uch setlik uchrashuv o'tkazdi

 6 MAY, 2026, 08:48

Italiya poytaxti Rim shahrida tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.

Mamlakatimizning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova ilk davrada xorvatiyalik Antoniya Rujichga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu etti daqiqa davom etgan bahsda Kamilla afsuski, raqibasiga 4/6, 6/1, 3/6 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini startdayoq yakunladi. 

Taqqoslash uchun, Rahimova ayni paytda WTA reytingida 76, Rujich 59-o'rinni egallab turibdi. Ikki tennischi ham 2 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Eys zarbalar bo'yicha Kamilla ustunlik qildi - 3 ga 1. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan uchinchi uchrashuvi bo'ldi. Bundan avvalgi ikki bahsda Kamillaning qo'li baland kelgandi. Antoniya ilk bor vakilamizdan ustun keldi. O'zaro uchchala uchrashuvning ham uch set davom etgani bu qarama-qarshilikning qanchalik murosasiz ekanini anglatmoqda.  



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ