TePe Sigeman 2026. Abdusattorovni yuta olishmayapti. Bugun u 14 yoshli peshqadam bilan o'ynaydi
6 MAY, 2026, 08:16
SHveciyaning Malmyo shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha nufuzli TePe Sigeman 2026 turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.Musobaqada sakkiz grossmeyster bosh sovrin uchun bahs olib bormoqda. Ular orasida Nodirbek Abdusattorov hamda jahon reytingi etakchisi norvegiyalik Magnus Karlsen ham bor.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Afsuski, musobaqaning 5-turida Abdusattorov qora donalarda o'ynadi va yaqqol autsayder shveciyalik Nils Grandeliusni mag'lub eta olmadi. Uchrashuvda tezkor durang natija qayd etildi. Nils ilk ochkosini aynan kecha Nodirbekdan oldi. Ungacha shved shaxmatchisi barcha partiyalarda mag'lubiyatga uchragan edi. Hamyurtimiz yutqazmayapti, lekin duranglar ko'payib ketdi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Abdusattorovning ochko yo'qotishidan hindistonlik Arjun Erigaisi unumli foydalanib qoldi. U oq donalarda niderlandiyalik Yorden van Forestni taslim etdi. O'tgan turda Abdusattorov bilan durang o'ynagan Magnus Karlsen bu turda zafar quchdi. Norvegiyalik afsona musobaqadagi yagona ayol ishtirokchi xitoylik CHju Czinerni engdi.
Beshinchi turning so'nggi partiyasida turkiyalik 14 yoshli grossmeyster Yagiz Kaan Erdog'mush amerikalik Endi Vudvard bilan durang qayd etdi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Beshinchi turdan so'ng Arjun Erigaisi va Yagiz Kaan Erdogmush 3,5 ochkodan jamg'arib, turnirda qo'shhokimlik qilyapti. Nodirbek Abdusattorov 3 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra uchinchi o'rinni egallab turibdi. Magnus Karlsen hisobida ham 3 ochko bor va u 4-pog'onani band etgan.
Bugun 6-turda Nodirbek Abdusattorov qardosh shaxmatchilar derbisida 14 yoshli Yagiz Kaanga qarshi qora donalarda o'ynaydi. Bugungi uchrashuvlar ham bizning vaqt bilan soat 18:00da boshlanadi.

Manba: olamsport.com
