logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

La Liga «Espanol» muxlislari ustidan shikoyat qildi: Hakam va Vinisius haqorat qilingan

 6 MAY, 2026, 03:06

La Liga Ispaniya chempionatining 34-turidan o'rin olgan «Real»ga qarshi o'yinda «Espanol» muxlislari o'zini tutishi yuzasidan shikoyat kiritdi.

Kataloniya jamoasi o'z maydonida madridliklarga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O'yin davomida mezbon jamoa muxlislari bosh hakam manziliga bir necha bor haqoratli so'zlar yog'dirib, «Xesus Xil Mansano – fohishaning o'g'li» deya hayqirishdi. Ularning yana bir hayqirig'i raqib vingeri Vinisius Juniorga qaratilgan bo'lib, futbolchini «ahmoq» deb atashdi.

Liga ushbu holat bo'yicha Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasining (RFEF) musobaqalarni o'tkazish qo'mitasiga hamda Sportda zo'ravonlik, irqchilik, ksenofobiya va toqatsizlikka qarshi kurashish davlat komissiyasiga murojaat qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ