logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Atletiko» 10 yildan buyon EChL finaliga chiqa olmayapti

 6 MAY, 2026, 02:36

«Atletiko» o'n yildan beri Chempionlar ligasi finaliga chiqa olmayapti.

Diego Simeone boshchiligidagi jamoa yarim finalning javob uchrashuvida safarda «Arsenal»ga imkoniyatni boy berdi (0:1, birinchi o'yin – 1:1).

Madrid klubi oxirgi marta 2016 yilda EChL finalida o'ynagan edi — o'shanda ular xuddi 2014 yildagidek (1:4) «Real»ga mag'lub bo'lishgandi (1:1, penaltilar bo'yicha – 3:5). Shuningdek, «Atletiko» 1974 yilgi Evropa chempionlari kubogi finalida ham «Bavariya»ga (0:4) imkoniyatni boy bergan. «Matraschilar» hali biror marta ushbu nufuzli sovrinni qo'lga kirita olishmagan.

Eslatib o'tamiz, Simeone jamoani 2011 yildan beri boshqarib kelmoqda. 2016 yilgi finaldan keyin jamoa 2017 yilda yarim finalgacha etib borgan va o'shanda ham «Real»ga mag'lub bo'lib, musobaqadan chiqib ketgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ