logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

https://m.stadion.uz/news/detail/558524

 6 MAY, 2026, 02:12

«Tottenxem» yarim himoyachisi Xavi Simons o'ng tizzasidagi xochsimon bog'lamlar uzilishi tufayli jarrohlik amaliyotini o'tkazdi.

«Operatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi. Sog'ayish jarayonining har bir bosqichida biz seni qo'llab-quvvatlab turamiz, Xavi Simons», — deyiladi ingliz klubi matbuot xizmati bergan xabarda.

23 yoshli Simons APLning 34-turi doirasidagi «Vulverxempton»ga qarshi o'yinda (1:0) oldingi xochsimon bog'lamlaridan jarohat olgan edi. U uchrashuvning 63-daqiqasida almashtirilib, maydondan zambilda olib chiqib ketilgandi.

Bundan avvalroq niderlandiyalik futbolchining o'zi ushbu jarohat sabab JCh-2026 musobaqasini o'tkazib yuborishini ma'lum qilgan edi.

2025/26 yilgi mavsumda Simons «Tottenxem» va «Leyptsig» safida jami 43 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Niderlandiya terma jamoasi safida esa 34 ta o'yinda ishtirok etib, o'z hisobiga 6 ta gol va 5 ta assist yozdirib qo'ygan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ