logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Futzal. O'zbekiston U18 terma jamoasi ikkinchi bahsda Qozog'istonga yutqazdi

 5 MAY, 2026, 23:42

Turkiston shahridagi “Olimpik” sport majmuasida bugun Qozog'iston va O'zbekiston yoshlar terma jamoalari o'rtasidagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Bu galgi bahs birinchisiga nisbatan ancha shiddatli va murosasiz ruhda kechdi. Afsuski, keskin va teng kurashlar ostida o'tgan ikkinchi o'yinda ham omad maydon egalariga kulib boqdi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi o'zlaridan bir yosh katta bo'lgan Qozog'iston terma jamoasi darvozasini ikki bor ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi. Chiroyli kombinatsiyalar va gollarga boy o'tgan uchrashuv yakunida 2:3 hisobi qayd etildi. Yoshlar terma jamoamizdan Abdulboriy Ilyosov hamda Aziz Jaloliddinovlar muvaffaqiyat qozonishdi.

Qo'shni mamlakatlar yoshlar terma jamoalari o'rtasida kechgan ushbu o'rtoqlik uchrashuvlari har ikki tomon uchun ham foydali va manfaatli bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ