logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

TEPE Sigeman shaxmat turniri. Abdusattorov autsayder bilan tezkor durangga imzo chekdi

 5 MAY, 2026, 23:00

Nodirbek Abdusattorov shaxmat bo'yicha nufuzli TEPE Sigeman turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. U 5-tur doirasida shvetsiyalik Nils Grandeliusga qarshi bahs olib bordi va durang qayd etdi.

Tomonlar o'zlari uchun oldindan belgilab olgan debyut variantlariga borishdi va figuralar almashinib ketdi. 26-yurishga kelib taxtada 4 ta piyoda va bittadan har xil xonada yuruvchi ruh qoldi. Shaxmatchilar yurishlarni 3 marta takrorlab, durangni qayd etishdi.

Shu tariqa, Nodirbek ochkolari sonini 3,0 taga etkazib olgan holda qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra, 3-o'rinni egallab turibdi. Birinchi o'ringa esa hindistonlik Arjun Erigaisi ko'tarilib oldi (3,5 ochko). Grandelius esa ketma-ket 4 ta mag'lubiyatdan keyin ilk yarim ochkosini qo'lga kiritdi.

Musobaqa 7 mayga qadar Shvetsiyaning Malmyo shahrida bo'lib o'tadi.

Vaqt nazorati va o'ziga xos qoidalar
Turnir klassik shaxmat qoidalariga ko'ra, quyidagi vaqt nazoratida o'tkaziladi:
Dastlabki 40 ta yurish uchun 90 daqiqa;
O'yin oxirigacha esa yana 30 daqiqa vaqt beriladi;
Birinchi yurishdan boshlab har bir yurish uchun 30 soniya qo'shib boriladi.
Musobaqada "Malmyo qoidalari" amal qiladi — unga ko'ra, o'yinchilar 40-yurishga qadar o'zaro durangga kelishishlari taqiqlanadi.

Musobaqa formati
8 nafar ishtirokchi 7 ta tur davomida aylanma (round-robin) tizimida bir-biriga qarshi bahs olib boradi.

Ma'lumot uchun, ushbu turnirda ketma-ket ikki yildan buyon o'zbekistonlik shaxmatchilar g'alaba qozongan. 2024-yilda Nodirbek Abdusattorov, 2025-yilda esa Javohir Sindorov chempionlikni qo'lga kiritgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ