logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» sobiq rahbari: «Neymar ketganidan so'ng bir klub Messi uchun 400 mln evro to'lamoqchi bo'lgan»

 5 MAY, 2026, 21:06

«Barselona» sobiq prezidenti Xosep Mariya Bartomeuning ta'kidlashicha, vinger Neymar jamoani tark etganidan so'ng, nomi oshkor etilmagan klub hujumchi Lionel Messi uchun 400 million evro to'lashga tayyor bo'lgan.

«Neymar ketganidan keyin Messi uchun 400 million evro to'lamoqchi bo'lgan jamoa bor edi. Bu qaysi klub ekanligini aytmoqchi emasman, lekin bu «Manchester Siti» emas. Shundan so'ng biz bu masalada Leo va uning otasi bilan gaplashdik — biz tovon puli miqdorini oshirishimiz kerak edi», — deya Bartomeuning so'zlarini keltiradi insayder Rashad Rahman o'zining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o'tamiz, Neymar Kataloniya klubini 2017 yilda tark etib, o'shanda «PSJ»ga o'tgan edi. 2021 yilda esa Messi ham «Barselona»dan «PSJ»ga yo'l olgandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ