logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Bavariya»da kelajakda klubni boshqarishi mumkin bo'lgan murabbiy nomi aytildi

 5 MAY, 2026, 20:42

«Bavariya» boshqaruv kengashi a'zosi Uli Xyoness «Shtutgart» bosh murabbiyi o'z jiyani Sebastyan Xyonessning kelajakda Myunxen klubini boshqarishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

«Vensan Kompanidan keyingi davr uchun gapiradigan bo'lsak, Sebastyan Xyoness menda katta hurmat uyg'otadi. Men haqiqatan ham uning ishi oldida ta'zim qilaman. U qachondir «Bavariya» murabbiyi bo'la oladimi? U, har holda, bu lavozimga nomzodlardan biri bo'ladi», — deya Uli Xyonessning so'zlaridan iqtibos keltiradi DAZN.

Sebastyan Xyoness «Shtutgart» jamoasini 2023 yilda qabul qilib olgan edi. Uning qo'l ostida jamoa o'tgan mavsumda Germaniya Kubogini qo'lga kiritdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ