logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kompani Artetaning so'zlariga javob qaytardi

 5 MAY, 2026, 20:36

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani «Arsenal» ustozi Mikel Artetaning fikrlariga izoh berdi. Avvalroq Arteta Myunxen klubi va «PSJ» o'z ligalarining sifati APLga qaraganda pastroqligi sababli futbolchilariga dam berish imkoniyatiga ega ekanligini ta'kidlagan edi.

«Bu borada ko'p izoh bermoqchi emasman. Men APLda ko'p yillar o'ynaganman. Menimcha, bu gaplar «Bavariya» yoki «PSJ»ga nisbatan tanqid emas, balki shunchaki mulohaza sifatida aytilgan. Angliyada sizda ligada 38 ta o'yin, Liga kubogi, Angliya kubogi bor va qishki tanaffus mavjud emas. Buni muhokama qilish menga emas, lekin bu mulohazalar ancha asosli. Yurgen Klopp ham bu haqda ko'p marta gapirgan», — dedi Kompani matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi yarim finali doirasida «Arsenal» javob uchrashuvida «Atletiko» bilan bahs olib borsa, «Bavariya» «PSJ»ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ