logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ryudiger jamoadoshlaridan uzr so'radi

 5 MAY, 2026, 18:00

Madridning «Real» klubi himoyachisi Antonio Ryudiger mashg'ulot bazasida jamoadoshlaridan biri bilan janjal sodir etdi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotga ko'ra, voqea shu yilning aprel oyida klubning mashg'ulotlar bazasidagi kiyinish xonasida yuz bergan. Germaniyalik futbolchi asosiy tarkib a'zolaridan biri bilan aytishib qolgan va mojaro tashabbuskori sifatida aynan Ryudiger ko'rsatilmoqda.

Keyinchalik himoyachi o'z xulq-atvori uchun jamoadan uzr so'ragan. Vaziyatni yumshatish va ichki muhitni tiklash maqsadida, o'tgan juma kuni Ryudiger jamoadoshlari va ularning oila a'zolari uchun tushlik tashkil qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ