Kunya MYU CHempionlar Ligasiga chiqqanidan keyin dadil bayonot berdi
5 MAY, 2026, 17:00
"Manchester Yunayted" vingeri Mateus Kunya "Qizil iblislar"ning CHempionlar Ligasiga qaytishi haqida fikrlari bilan bo'lishdi.Braziliyalik futbolchi CHempionlar Ligasiga yo'llanma olishning o'zi etarli emasligini va jamoa chempionlik uchun kurashga qaytishi kerakligini aytdi:
"Faqat CHempionlar Ligasiga yo'llanma olish uchun emas... chempionlik uchun kurashishimiz kerak. Bu shunchaki birinchi qadam va men kelgusi mavsumda ancha kuchliroq bo'lishimiz mumkinligiga ishonaman", – dedi Kunya.
"Enfild"da "Liverpul" ustidan 3:2 hisobidagi g'alaba "qizil iblislar"ni 2023 yildan beri birinchi marta yirik musobaqaga qaytishini taminladi. Braziliyalik futbolchi o'yinda Maykl Kerrik jamoasi uchun birinchi golni urdi. 36-turda "Sanderlend" ustidan qozoniladigan g'alaba jamoaga APLda 3-o'rinni kafolatlaydi.

Manba: olamsport.com
