«PSJ» Kvaratsxeliyani sotishdan bosh tortdi
5 MAY, 2026, 16:48
Gruziyalik hujumchi Xvicha Kvaratsxeliya kelasi mavsumda ham Frantsiya poytaxtida qoladigan bo'ldi. Bu haqda mashhur insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, «PSJ» rahbariyati Kvaratsxeliyani jamoa tarkibining ajralmas va asosiy qismi deb hisoblaydi. Klub futbolchiga «daxlsiz» maqomini bergan va uning transferi bo'yicha har qanday taklifni rad etmoqda.
Qayd etilishicha, parijliklar boshqa klublar bilan Xvicha bo'yicha muzokaralar stoliga o'tirish niyatida emas. «PSJ» loyihasining kelajagi aynan gruziyalik iqtidor egasi atrofida qurilishi rejalashtirilgan.
