logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mbappe «el-klasiko»da maydonga tushish uchun tinimsiz mehnat qilmoqda

 5 MAY, 2026, 16:24

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe «Barselona»ga qarshi bo'lajak muhim bahsgacha sog'ayib ketish uchun bor imkoniyatini ishga solmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, frantsiyalik yulduz chap oyog'idagi mushak jarohatidan tezroq tiklanish maqsadida jamoaviy dam olish kunlarida ham bazada individual tarzda shug'ullangan. Mbappening asosiy maqsadi — 10 may kuni «Kamp Nou»da bo'lib o'tadigan «el-klasiko»da ishtirok etish.

«Qaymoqranglilar» tibbiy shtabi futbolchining holatini kunlik nazorat qilib bormoqda. So'nggi xabarlarga ko'ra, Kilianning tiklanish jarayoni kutilganidan tezroq kechmoqda va uning yakshanba kungi bahsda qaydnomaga kiritilishi ehtimoli ancha yuqori.

Eslatib o'tamiz, Mbappe jarohati sabab La Liganing so'nggi turi doirasidagi «Espanol»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ