CHimaev: "Striklendni har kuni do'pposlardim, balki SHon bundan xafa bo'lgandir"
5 MAY, 2026, 15:16
Xamzat CHimaev SHon Striklend bilan mashg'ulotlari haqida gapirdi."Men uni har kuni do'pposladim, usullarni qo'lladim. U men bilan mashg'ulot qilishni yoqtirmasdi. Bizning jamoaviy chatimiz bor edi: men Xtreme Couture’ga borsam, u UFC PI’ga ketardi, men UFC PI’ga borsam — u boshqa zalga. Men uyga qaytganimdan keyin u men haqimda yomon gapira boshladi. Balki u zalda o'zini mag'lub etganim uchun xafa bo'lgandir", — dedi CHimaev.
Manba: olamsport.com

