logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Shesnining «Barselona»dagi kelajagi ma'lum bo'ldi

 5 MAY, 2026, 13:42

«Barselona»ning polshalik darvozaboni Voytsex Shesnining klubdagi kelajagi borasida ma'lumotlar paydo bo'ldi. Jurnalist Rojer Torelloning xabar berishicha, Shesni «Barselona»da qolishga qaror qilgan.

Ta'kidlanishicha, darvozabon boshqa bir top-klubning taklifini rad etgan. O'sha jamoada unga asosiy tarkibdan kafolatlangan joy va'da qilingan edi. Biroq Shesni uchun Barselonadagi barqarorlik va oilaviy hayot kattaroq maosh hamda doimiy o'yin amaliyotidan muhimroq ekani aytilmoqda.

Shesni 2024 yilning kuzida «Barselona» a'zosiga aylangan edi. O'shandan beri darvozabon barcha turnirlarda 40 ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 53 ta to'p olib chiqdi va 14 ta uchrashuvda «quruq» o'yin o'tkazishga muvaffaq bo'ldi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ