logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kudermetova Istanbul Open turniridagi ishtirokini boshladi

 5 MAY, 2026, 13:32

Turkiyaning Istanbul shahrida tennis bo'yicha WTA 125 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 115 000 dollarni tashkil etuvchi turnir bo'lib o'tmoqda.

Musobaqada mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Polina Kulermetova ham o'z omadini sinab ko'ryapti. Vakilamiz ilk davrada turkiyalik CHagla Buyukakchayni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/1. 

Roppa-rosa 70 daqiqa davom etgan bahsda Polina 1 ta eys zarbasini amalga oshirdi, qo'shxatoga yo'l qo'ymadi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi. 2022 yilda o'tgan dastlabki bahsda ham Kudermetova CHagladan ustun kelgan edi. 

Taqqoslash uchun, Polina Kudermetova ayni paytda WTA reytingida 123, CHagla Buyukakchay 385-o'rinni egallab turibdi. Turkiyalik 36 yoshli tennischi asosiy to'rga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan edi. Turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan Polinaning 1/8 finaldagi raqibasi birozdan so'ng Xitoy va Rossiya tennischilari o'rtasidagi uchrashuvda aniqlanadi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ