logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Vinisiusdan navbatdagi mojaro: «Real» yulduzi raqib himoyachisini haqorat qildi

 5 MAY, 2026, 13:30

3 may kuni La Liganing 34-turi doirasida «Espanol» o'z maydonida «Real»ga imkoniyatni boy berdi (0:2).

Uchrashuvning 25-daqiqasida «Espanol» himoyachisi Omar El-Hilali Vinisiusga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun qizil kartochka oldi, biroq VARdan so'ng chetlatish sariq kartochkaga o'zgartirildi. Braziliyalik yulduz 55-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, 66-daqiqada dublni rasmiylashtirdi.

O'yin davomida Vinisius va El-Hilali bir necha bor dahanaki jangga kirishishdi. Ularning suhbatini «Movistar Plus+» telekanali kameralari muhrlab qolgan.

Epizodlardan birida vinger shunday deydi: «Ahmoqlikni bas qil. Keyinroq futbolka almashishni taklif qil. Sen ahmoqsan. Urishishni xohlaysanmi?».

Boshqa bir vaziyatda Vinisius raqibning yana bir futbolchisi Karlos Romeroga El-Hilali haqida gapirib: «U televideniega chiqish uchun o'zini ahmoqlarcha tutmoqda», — deydi.

Shuningdek, Vinisius El-Hilaliga qarata: «Sen Segundaga qaytasan», — deya xitob qilgan va raqib murabbiyi Manolo Gonsalesga yuzlanib: «Uni almashtiring, hozir chetlatiladi», — deb maslahat bergan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ