Hasanboy Do'smatovning navbatdagi raqibi va jang sanasi aniq bo'ldi
5 MAY, 2026, 11:48
O'zbekistonlik ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy Do'smatovning navbatdagi jang sanasi va raqibi elon qilindi.Unga ko'ra, hamyurtimiz 24 may kuni Bishkekda o'tkaziladigan boks oqshomida ringga ko'tariladi.
O'sha kuni u Puerto-Riko vakili Jonatan Gonsales (29-4-1, 14KO) bilan to'qnash keladi.
Ushbu jang WBA Gold kamari uchun eliminator maqomida bo'ladi.
Manba: olamsport.com

