logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

David Rayya ketma-ket uchinchi bor APLda tengsiz bo'ldi

 5 MAY, 2026, 09:24

David Rayya APLda mavsumning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.

«Arsenal» posboni Angliya chempionatining joriy mavsumida 17 ta o'yinni gol o'tkazmasdan (quruq) yakunladi. Uning eng yaqin ta'qibchisi — Janluiji Donnarumma hisobida 13 ta «quruq» o'yin bor.

«Shaharliklar» (Manchester Siti) ixtiyorida ushbu mavsumda yana to'rtta o'yin qolgan. Agar Donnarumma ularning barchasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolsa va Rayya «Arsenal»ning qolgan uchta o'yinida kamida bittadan gol o'tkazib yuborsa, u holda ispaniyalik va italiyalik darvozabonlar sovrinni o'zaro bo'lishib olishadi.

Rayya ketma-ket uchinchi mavsum APL «Oltin qo'lqopi»ga ega chiqmoqda — avvalroq bunday natijaga faqat Xose Reyna, Jo Xart va Ederson erisha olgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ