logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ukraina terma jamoasini italiyalik murabbiy qabul qilib olishi mumkin

 5 MAY, 2026, 09:12

Italiyalik mutaxassis Andrea Maldera Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o'zining ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.

Manbaning xabariga ko'ra, kelishuvni rasmiylashtirish jarayoni yakuniy bosqichda. Maldera avval ham terma jamoa shtabida texnik rivojlanish bo'yicha murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, u «Milan»da o'yinlar tahlilchisi va yoshlar jamoasi murabbiyi, «Brayton» hamda 2026 yilning fevralida tark etgan «Marsel» klublarida yordamchi murabbiy lavozimlarida ishlagan.

Ukraina terma jamoasi o'tish o'yinlarida Shvetsiyaga imkoniyatni boy berib, Jahon chempionati yo'llanmasidan mahrum bo'lgan edi. So'nggi 3 yil davomida jamoani Sergey Rebrov boshqarib kelayotgandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ