logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Arsenal» etakchilari «Atletiko» bilan o'yinda maydonga tushishi mumkin

 5 MAY, 2026, 09:00

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta tarkib borasidagi yangilik bilan jamoa muxlislarini xushnud etdi. 5 may kuni «to'pchilar» Chempionlar ligasi yarim finali doirasida Madridning «Atletiko» klubiga qarshi javob uchrashuvini o'tkazishadi.

Kay Xaverts va Martin Edegor jarohatlaridan sog'ayib, o'yinga tayyor holatga kelishdi. Avvalroq ushbu futbolchilar jamoaning so'nggi mashg'ulotlarini o'tkazib yuborishgani xabar qilingan edi.

«Bu juda yaxshi, chunki bizda tanlov imkoniyati bo'lishi kerak. Bizga o'yinni turli uslublarda — ilk daqiqalardan yoki uchrashuv davomida o'zgartirgan holda o'tkazish qobiliyati zarur. Ularning ikkisi ham safga qaytgani haqiqatan ham juda ajoyib xabar», — dedi Arteta o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ