Gvardiola: «Bu — APL, bu erda har qanday natija bo'lishi mumkin»
5 MAY, 2026, 08:54
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Everton»ga qarshi bahsdagi ochko yo'qotilishiga izoh berdi. «Shaharliklar» 3:3 hisobida durang o'ynashdi va bu natija ularning APL chempionlik unvonini qaytarib olish imkoniyatlarini biroz pasaytirib yubordi.
«Har doimgidek, natijani borligicha qabul qilaman. Ikkinchi bo'limda raqibga haddan tashqari ko'p imkoniyat berib yubordik. Ehtimol, oldinga intilish ishtiyoqi etarlicha bo'lmagandir, lekin buni tushunsa bo'ladi. Ular yakkama-yakka kurashlarda juda mustahkam, hatto aql bovar qilmaydigan darajada kuchli edilar. Bu — APL, bu erda qanday o'yinlar bo'lishini barchamiz yaxshi bilamiz», — deya Gvardiolaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda BBC Sport.
Eslatib o'tamiz, ayni damda turnir jadvalida «Arsenal» peshqadamlik qilmoqda.
