logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dyokeresh: «Biz bekorga yarim finalga chiqmadik»

 5 MAY, 2026, 08:54

Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Viktor Dyokeresh Chempionlar ligasi yarim finalidan o'rin olgan javob uchrashuviga bag'ishlangan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Madridda «Atletiko» bilan qayd etilgan 1:1 hisobidagi durang shuni anglatadiki, endi «Arsenal» o'z maydonida hal qiluvchi bahsni o'tkazadi.

«Biz bekorga bu bosqichgacha etib kelganimiz yo'q. Butun mavsum davomida juda yaxshi o'yin ko'rsatdik, biroq endi hammasini oldinda turgan uchrashuvlar hal qiladi. Aynan shu o'yinlar ishni oxirigacha etkaza olishimiz yoki yo'qligini ko'rsatib beradi. Hozirgacha aql bovar qilmaydigan natijalar qayd etdik, endi to'xtab qolishga haqimiz yo'q», — deya Dyokereshning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ