logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Jampaolo: «Biz «Latsio»ga juda ahmoqona tarzda mag'lub bo'ldik»

 5 MAY, 2026, 08:36

Italiya chempionatida dushanba kuni 35-turga ikkita o'yin bilan yakun yasaldi. «Kremoneze» o'z maydonida «Latsio»ga qarshi bahsda birinchi bo'limdan so'ng hisobda oldinda borayotgan bo'lsa-da, yakunda mag'lubiyatga uchradi.

Kremonaliklar ustozi Marko Jampaolo uchrashuv yakunlari haqida to'xtalar ekan, ushbu mag'lubiyatni «ahmoqona» deb atadi.

«Hisob o'yin haqidagi tasavvurni o'zgartirib yubormoqda, aslida o'yinimiz u qadar yomon ko'rinmagandi. Futbolchilar juda tushkun holatda, biz mening nazarimda ahmoqona tarzda yutqazdik. Shunga qaramay, biz A Seriyada jon saqlab qolish uchun kurashdan voz kechmaymiz, oxirgi daqiqagacha jang qilamiz», — deya Jampaoloning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda cittaceleste.it.

Ayni damda «Kremoneze» Seriya A turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ