logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Roma» A Seriyada bu ko'rsatkich bo'yicha «Inter»ga etib oldi

 5 MAY, 2026, 08:36

Dushanba kuni Italiya A Seriyasida 35-turga ikkita o'yin bilan yakun yasaldi. Safarda muvaffaqiyatsiz o'yin ko'rsatgan «Fiorentina» «Roma»dan javobsiz to'rtta to'p o'tkazib yubordi.

Bu rimliklar uchun A Seriya doirasida o'z uylarida mag'lubiyatsiz kechayotgan ketma-ket 11-uchrashuv bo'ldi. Ushbu o'yinlarning 8 tasida g'alaba qayd etilgan bo'lsa, 3 tasi durang bilan yakunlangan. «Roma» o'z maydonida so'nggi bor 2025 yilning 30 noyabrida «Napoli»ga imkoniyatni boy bergan edi (0:1).

Hozirda «Roma»ning ushbu ko'rsatkichi A Seriyadagi eng yaxshi seriya bo'lib turibdi. Biroq «Inter» ham xuddi shunday natijaga ega — milanliklar ham o'z uylarida ketma-ket 11 o'yindan beri mag'lubiyat nimaligini bilishmayapti.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ