«Yuventus» Reyndersni ijaraga olmoqchi
4 MAY, 2026, 23:18
“Manchester Siti” markaziy yarim himoyachisi Tijjani Reynders faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, niderlandiyalik futbolchi “Yuventus”ning transfer maqsadiga aylangan.
Manbaga ko'ra, Turin klubi rahbariyati yozda Reyndersni qo'lga kiritish uchun yaqin vaqt ichida sa'y-harakatlarni kuchaytirmoqchi.
Kelishuvning eng ehtimoliy varianti – ijara, chunki yarim himoyachining bozordagi narxi Italiya tomonini qoniqtirmayapti.
Joriy mavsumda 27 yoshli xavbek 45 ta uchrashuvda ishtirok etib, ettita gol va sakkizta assist muallifiga aylandi. Transfermarkt portali futbolchini 60 mln evroga baholamoqda.
