logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Joao Pedro «Chelsi»ning muvaffaqiyatsizligiga izoh berdi

 4 MAY, 2026, 23:12

Angliya Premer-ligasining 35-turi doirasidagi uchrashuvda Londonning «Chelsi» klubi «Nottingem Forest»ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib, mag'lubiyatli seriyasini oltita o'yinga etkazdi. O'z maydonida qayd etilgan muvaffaqiyatsizlikka «ko'klar»ning markaziy hujumchisi Joao Pedro izoh berdi.

«Biz juda erta gol o'tkazib yuborishni boshladik, "Forest"ga qarshi bahsda esa o'yin tizginini qaytarib olish qiyin. Nazarimda, biz bundan yaxshiroq o'ynashimiz kerak. Har bir uchrashuvda bir xil xatolarni takrorlamaslik yo'lini topishimiz lozim. Bu Premer-liga va agar siz o'yin boshida gol o'tkazsangiz, keyin vaziyatni o'nglash juda murakkab kechadi», — deya Pedroning so'zlarini keltiradi BBC.

Braziliyalik hujumchi jamoasi kelasi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritish uchun qolgan o'yinlarda kurashni davom ettirishini qo'shimcha qildi. Hozirda «Chelsi» Angliya chempionati turnir jadvalida 48 ochko bilan to'qqizinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ