logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dyokeresh «Atletiko»ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi

 4 MAY, 2026, 22:06

Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Viktor Dyokeresh Chempionlar ligasi yarim finali doirasida Madridning «Atletiko» jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan javob uchrashuvi oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Biz nima garovga qo'yilganini yaxshi bilamiz. Muxlislarimiz bilan birga ajoyib kechani o'tkazish imkoniyatiga egamiz, ammo maydonda ishni oxiriga etkazib qo'yishimiz shart. Xuddi Madriddagi kabi qiyin o'yin bo'ladi. Ularning hujum chizig'ida mahoratli futbolchilar ko'p, ular xavfli.

Biz yaxshi himoyalanishimiz va to'p bilan bo'lganimizda o'zimiz bilgan ishni qilishimiz kerak. Hozirda bizda juda yaxshi tuyg'ular bor. Barchamiz bo'lajak har bir o'yinni intizorlik bilan kutyapmiz. Shu shukuh va energiyani maydonda ko'rsatib berishimiz lozim», dedi futbolchi.

Eslatib o'tamiz, «Arsenal» va «Atletiko» o'rtasidagi hal qiluvchi bahs 5 may, seshanba kuni Londonning «Emireyts» stadionida bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ