logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Chelsi» oxirgi 10 ta o'yindan 8 tasida mag'lubiyatga uchradi

 4 MAY, 2026, 21:48

Londonning «Chelsi» klubi inqirozli seriyani davom ettirmoqda. Jamoa so'nggi 10 ta uchrashuvning 8 tasida imkoniyatni boy berdi.

Bugun APLning 35-turi doirasida «Nottingem Forest»ga qarshi kechgan bahs (1:3) ushbu muvaffaqiyatsizliklar zanjirining navbatdagi halqasi bo'ldi. Oxirgi 10 ta o'yin ichida «ko'klar» faqat ikki marta g'alaba qozonishdi:

Angliya Kubogi 1/4 finalida «Port Veyl» ustidan (7:0);

Musobaqa yarim finalida «Lids» ustidan (1:0).

Qolgan 8 ta uchrashuvda esa mag'lubiyat qayd etildi. Ushbu davr mobaynida «Chelsi» raqiblar darvozasiga 3 ta gol urib, o'z darvozasidan 22 ta to'p olib chiqdi (umumiy hisob — 3:22).

Jamoani oldinda yana bir jiddiy sinov kutmoqda: 9 may kuni APL 36-turi doirasida «Chelsi» o'z maydonida «Liverpul»ni qabul qiladi. Bunday og'ir holatda londonliklar mersisaydliklarga qanday qarshilik ko'rsatishi ko'pchilikda qiziqish uyg'otmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ