logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Bavariya» bosh direktori: «PSJ» bilan o'yindagi maqtovlar bizni EChL finaliga olib chiqmaydi»

 4 MAY, 2026, 21:42

«Bavariya» bosh direktori Yan-Kristian Drezen Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi «PSJ»ga qarshi kechgan birinchi bahsdan (4:5) keyingi fikrlar bilan o'rtoqlashdi.

– Birinchi o'yindan keyin turli mamlakatlardan kelayotgan maqtovlarni qanday baholaysiz?

– Haqiqatan ham juda ko'p ijobiy fikrlar bildirildi. Pep Gvardioladan tortib Terri Anrigacha — butun dunyodagi murabbiylar, ekspertlar va afsonalar bu o'yinni yuqori baholashdi. Peter Shmeyxel CBS telekanalida bundan yaxshiroq o'yinni hech qachon ko'rmaganini aytdi. Bu tarixiy kecha bo'ldi, chunki Chempionlar ligasi yarim finallari tarixida hali hech qachon bunchalik ko'p gol urilmagan edi. Biz esa o'sha oqshom stadionda bo'lish baxtiga muyassar bo'ldik.

Biroq bu maqtovlar bizni Budapeshtdagi finalga olib chiqmaydi. Biz finalga chiqishni istaymiz va buning uchun mana shu kuchli Parij jamoasi bilan bo'ladigan bahsda futbol olamini yana bir bor hayratda qoldirishimiz kerak, — dedi Drezen.

Eslatib o'tamiz, «Bavariya» 6 may kuni o'z maydonida parijliklarni javob uchrashuvida qabul qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ