Dokeresh "Arsenal"da ajoyib mavsum o'tkazmoqda
4 MAY, 2026, 20:00
Viktor Dokeresh yakunlanayotgan mavsum davomida anchagina tanqidlarga uchradi. Bu tanqidlarni noxolis deb bo'lmaydi, biroq statistikaga nazar tashlasak...
Dokeresh «Arsenal»da so'nggi 25 yil ichida debyut mavsumida 20 tadan ortiq gol urgan ikkinchi futbolchi bo'lib turibdi.
Terri Anri davridan beri «Arsenal»dagi debyut mavsumida shvetsiyalik hujumchidan ko'proq gol urgan yagona futbolchi — Aleksis Sanches hisoblanadi. Dokeresh esa bu natijasi bilan so'nggi chorak asrda klub tarixiga kirishga muvaffaq bo'ldi.
